Kontent qismiga oʻtish

Yiyun Li

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yiyun Li − 1972-yil 4-noyabrda Xitoyda tugʻilgan. Xitoylik yozuvchi va professor. Uning qisqa hikoyalari va romalari PEN/Hemingway Award va Guardian First Book Award uchun A Thousand Years of Good Prayers mukofatlarga sazovar boʻlgan. Li Bruklindagi adabiy jurnal A Public Space muharriri boʻlgan[1].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Li Pekin shahrida tugʻilgan va katta boʻlgan. Uning onasi oʻqituvchi, otasi esa yadro fiziki boʻlib ishlagan. „Mening hayotimda senga yozib qolaman“ kitobida Li oʻzining yosh hayotidagi voqealarni, shu jumladan onasidan olgan bilimlarini yozib qoldirgan.

Li Xalq Askarida xizmatni majburiy bir yil oʻtkazganidan soʻng[2]. 1996-yilda Pekin universiteti bakalavrini tugatgan. Shu yili Li AQShga koʻchib ketgan[3]. 2000-yilda Li Iowa universiteti tamomlab immunologiya fanlari magistratura diplomini olgan[4]. 2005-yilda Li Iowa universitetidagi „Nonfiction Writing Program“ va Writers' Workshop diplomini olgan[4].

Li hikoyalari va asarlari The New Yorker[5].The Paris Review va Zoetrope: All-Story da chop etilgan. A Thousand Years of Good Prayers 2007-yilda ikkita hikoyasi Wayne Wang: The Princess of Nebraska va the title story hikoyalariga film suratga olingan. .

Yiyun Li 2005-2008-yillarda Ikki nafar oʻgʻli va turmush oʻrtogʻi bilan Kaliforniya shtatining Oklend shahrida yashagan. 2008-2017-yillarda Li Kaliforniya universiteti, Davis ingliz tili boʻlimida fakultet lavozimida ishlagan. 2017-yildan buyon Li Prinston universiteti ijodiy yozuv fakultetida oʻqigan.

Li 2012-yilda ikki marta oʻz joniga qasd qilgan. Oʻz sogʻligʻini yaxshilash uchun kasalxonada davolanib chiqgan.

2022-yil sentyabr oyida Li „The Book of Goose“ kitobini nashr etgan. Nyu-York Times uning hikoyasini „qisqa hikoyalarini yozishning orqasidagi motivlarning toʻqnashuvini yorituvchi mavjudlik hikoyasi“ deb tasvirlagan. 2023-yil aprel oyida roman PEN/Faulkner Fiction mukofoti sazovor boʻlgan.

Li Devisdagi Kaliforniya universitetida badiiy adabiyotdan dars bergan va Prinston universitetidagi Lyuis sanʼat markazida ijodiy yozuv professori boʻlib ishlagan[6].

12024-yilda uning oʻn toʻqqiz yashar oʻgʻli Jeyms Prinston shaharchasida poezd urib ketishi natijasida vafot etgan[7]. Uning oʻlimi Middlesex County tibbiy ekspertizasi idorasi tomonidan oʻz-oʻzini oʻldirgan degan xulosani bergan[8].

Li bir nechta mashhur Lannan Foundation,Marfa, Texas,MacArthur Foundation,Guggenheim Fellowship[9][10][11] stipendiya va mukofatlariga sazovar boʻlgan.

2007-yilda Granta Li-ni 21 ta eng yaxshi yosh amerikalik romanchi roʻyxatidan joy olgan[12].


2014-yilda Li Amerika sanʼat va adabiyot akademiyasi Benjamin H. Danks mukofotiga sazovor boʻlgan. 2020-yilda Li Windham-Campbell adabiyot mukofoti sovrinini qoʻlga kiritgan[13][14][15]. 2022-yilda Li "qisqa hikoya shaklida oʻzgacha yutuqlarni namoyish etgan PEN/Malamud Award mukofatlariga sazovar boʻlgan[16][17].

2023-yilda Li Royal Society of Literature xalqaro yozuvchi boʻlgan[18].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. A Public Space.
  2. Altmann, Jennifer. „Creative Writing: Life, By the Book“. Princeton Alumni Weekly (June 6, 2018-nashr). Qaraldi: 31 July 2020.
  3. „Interview with Yiyun Li, 2006 PEN/Hemingway Award Winner“. The Hemingway Society. Qaraldi: 2019-yil 5-may.
  4. 4,0 4,1 Strong. „How novelist Yiyun Li learned to capture shadows“ (en-US). Los Angeles Times (2022-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  5. „Yiyun Li“. The New Yorker. Qaraldi: 26 February 2017.
  6. „Yiyun Li“ (en-US). Lewis Center for the Arts. Qaraldi: 2018-yil 12-may.
  7. The Office of Communications of Princeton University. „The University community mourns the loss of undergraduate James Li“ (en). Princeton University (2024-yil 20-fevral). Qaraldi: 2024-yil 21-fevral.
  8. „Princeton Student Struck by Train Was Creative Writing Director’s Son“ (en-US). Princeton Alumni Weekly. Qaraldi: 2024-yil 22-may.
  9. „Awards: MacArthur Fellows; Independent Booksellers Book Prize“. Shelf Awareness (2010-yil 28-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  10. „Yiyun Li - Professor of English“. University of California, Davis. Qaraldi: 2017-yil 25-fevral.
  11. „Yiyun Li“ (en-US). John Simon Guggenheim Memorial Foundation. Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  12. Lea, Richard. „Granta nominates best young US novelists“ (en-GB). The Guardian (2007-yil 5-mart). Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  13. „Citation for Yiyun Li“. Windham–Campbell Literature Prizes. 2022-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 6-yanvar.
  14. „Awards: Rathbones Folio, Windham Campbell Winners“. Shelf Awareness (2020-yil 24-mart). 2022-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-mart.
  15. Nawotka. „Eight Writers Awarded 1465,000 Windham-Campbell Prizes“ (en). Publishers Weekly (2020-yil 19-mart). Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  16. „Yiyun Li Wins the 2022 PEN/Malamud Award for Excellence in the Short Story“. PEN/Faulkner (2022-yil 16-may). Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  17. „Awards: PEN/Malamud, Helen & Kurt Wolff Translator Winners“. Shelf Awareness (2022-yil 17-may). Qaraldi: 2023-yil 6-aprel.
  18. „RSL International Writers | 2023 International Writers“. Royal Society of Literature (2023-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 3-dekabr.